Julio Cortázar
Ssenariynavis26-avgust 1914 — 12-fevral 1984

Julio Cortázar

Ixelles, Brussels, Belgium

Biografiya

Xulio Florensio Kortasar (1914-yil 26-avgust — 1984-yil 12-fevral) — Argentina va Fransiya yozuvchisi, romanlar, qissalar hamda esselar muallifi va tarjimon. Lotin Amerikasi bumining asoschilaridan biri sifatida tanilgan Kortasar Amerikadagi va Yevropadagi ispan tilida so'zlashuvchi o'quvchilar hamda yozuvchilar avlodiga katta ta'sir ko'rsatgan. U o'z davrining eng novator va o'ziga xos mualliflaridan biri, hikoya, shekriy nasr va qissachilik ustasi hisoblanadi. U vaqt chiziqliligini buzuvchi hikoyalar orqali klassik qoliplarni rad etib, ispan tilidagi adabiyotda yangi yo'nalish ochgan muhim romanlar yaratgan. Bolaligi, o'smirligi va yoshligi Argentinada o'tgan, 1950-yillardan keyin esa Yevropada — Italiya, Ispaniya va Shveytsariyada yashagan. 1951-yilda Fransiyaga kelib o'rnashgan va o'z asarlarining salmoqli qismini shu yerda yozgan. Xulio Kortasar 1914-yil 26-avgustda Belgiyaning Bryussel shahri yaqinidagi Iksel munitsipalitetida tug'ilgan. Biograf Migel Erresning yozishicha, uning ota-onasi Xulio Xose Kortasar va Mariya Erminia Diskotte Argentina fuqarolari bo'lgan, otasi Belgiyadagi Argentina diplomatik xizmatida ishlagan. Kortasar tug'ilgan paytda Belgiya kayzer Vilgelm II qo'shinlari tomonidan ishg'ol qilingan edi. Nemis qo'shinlari kelgach, Kortasarlar oilasi Syurixga ko'chib o'tgan va u yerda Mariya Erminiyaning ota-onasi — Viktoriya Gabel va Lui Diskotte (fransuz millatiga mansub) ularni betaraf hududda kutib olishgan.

Filmografiya (1)

Self (archive footage)