Jessica Alba
Aktyor

Jessica Alba

28-aprel 1981 · 45 yosh Pomona, California, USA
Razzieanti-mukofot

Biografiya

Jessica Mari Alba (1981-yil 28-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va tadbirkor. U aktyorlik faoliyatini 13 yoshida “Camp Nowhere” (1994) filmi bilan boshlagan, ketidan “The Secret World of Alex Mack” (1994) serialida suratga tushgan va 19 yoshida “Dark Angel” (2000–2002) teleserialining bosh roli orqali tanilib, “Oltin globus” mukofotiga nomzod boʻlgan. Uning katta ekrandagi muvaffaqiyati “Honey” (2003) filmi bilan boshlandi. Shundan soʻng u Gollivud yulduziga aylanib, karyerasi davomida “Fantastic Four” (2005), “Fantastic Four: Rise of the Silver Surfer” (2007), “Good Luck Chuck” (2007), “The Eye” (2008), “Valentine's Day” (2010), “Little Fockers” (2010) va “Mechanic: Resurrection” (2016) kabi koʻplab kassabop filmlarda suratga tushdi. U rejissyor Robert Rodriges bilan yaqindan hamkorlik qilib, “Sin City” (2005), “Machete” (2010), “Spy Kids: All the Time in the World” (2011), “Machete Kills” (2013) va “Sin City: A Dame to Kill For” (2014) filmlarida rol oʻynagan. 2019–2020-yillarda Alba Spectrum telekanalining “L.A.'s Finest” jinoyat-ekshen serialida bosh rolni ijro etgan. 2011-yilda Alba chaqaloqlar, shaxsiy va uy-roʻzgʻor buyumlarini sotuvchi The Honest Company kompaniyasiga asos solgan. “Men's Health”, “Vanity Fair” va “FHM” kabi mashhur jurnallar Albani dunyoning eng goʻzal ayollari roʻyxatiga kiritgan.

Eng mashhur ishlari