
James Gandolfini
Biografiya
Jeyms Jozef Gandolfini kichik (1961-yil 18-sentabr – 2013-yil 19-iyun) — amerikalik aktyor va prodyuser. U asosan HBO telekanalining "The Sopranos" serialidagiitalan-amerikalik jinoyat olami boshligʻi Toni Soprano roli bilan tanilgan boʻlib, bu roli uchun uchta "Emmy", uchta AQSh kinoaktyorlar gildiyasi va bitta "Oltin globus" mukofotini qoʻlga kiritgan. Gandolfinining Toni Soprano obrazi televideniye tarixidagi eng buyuk aktyorlik ishlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Gandolfinining mashhur kinorollari qatoriga "True Romance" (1993) filmidagi jinoyatchi Virdjil, "Crimson Tide" (1995) filmidagi leytenant Bobbi Doerti, "The Last Castle" (2001) filmidagi polkovnik Vinter va "The Taking of Pelham 123" (2009) filmidagi Nyu-York meri kiradi. Shuningdek, u "Get Shorty" (1995) filmida Badak laqabli qoʻriqchi va kaskadyor, "Where the Wild Things Are" (2009) filmida esa injiq "Yovvoyi maxluq" Kerol rollarini ijro etgan. Gandolfini 2013 yilda ekran yuzini koʻrgan "Enough Said" filmidagi Albert roli uchun vafotidan keyin tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlib, bir nechta mukofotlarga, jumladan, AQSh kinoaktyorlar gildiyasi mukofoti va Boston kino tanqidchilari jamiyatining "Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor" mukofotiga nomzod boʻlgan. 2007 yilda Gandolfini Iroq urushida yaralangan faxriylar bilan intervyu uyushtirilgan "Alive Day Memories: Home from Iraq" hujjatli filmiga prodyuserlik qilgan. 2010 yilda esa AQSh tarixidagi 1861-yildan 2010-yilgacha boʻlgan bir qancha urushlar davomida soldatlar va ularning oilalariga posttravmatik stress buzilishining ta'sirini oʻrganuvchi "Wartorn: 1861–2010" loyihasini yaratgan. Shuningdek, u "Hemingway & Gellhorn" (2012) televizion filmiga ham prodyuserlik qilib, buning uchun "Primetime Emmy" mukofotiga loyiq koʻrilgan.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (21)
Cousin Marv
Doug Munny
C.I.A. Director
Carol (voice)
Lt Gen. George Miller
Det. Charles Hilderbrandt
Tiny Duffy
Nick Murder
Tom Valco
Col. Winter
Winston Baldry
Big Dave Brewster
Tony Soprano
Eddie Poole
Juror 6
Lt. Robert 'Bobby' Dougherty




















