
Hugh Jackman
Biografiya
Hugh Michael Jackman (1968-yil 12-oktabrda tugʻilgan) — avstraliyalik aktyor, qoʻshiqchi va prodyuser. Teatr va televideniyedagi faoliyatidan soʻng, Jackman "X-Men" franshizasidan boshlab to "Deadpool & Wolverine" (2024) filmigacha boʻlgan Marvel kinematografiya koinotida Vulverin rolini ijro etib shuxrat qozondi. Ham kino, ham sahnada muvaffaqiyat qozongan aktyor "Primetime Emmy", "Gremmi" va ikki bor "Toni" mukofotlarini qoʻlga kiritgan, shuningdek, "Oskar" va BAFTA mukofotlariga nomzod boʻlgan. 2019-yilda Avstraliya ordeni sohibi unvoniga sazovor boʻlgan. Jackman turli janrlardagi filmlarda bosh rollarni ijro etgan, jumladan: "Kate & Leopold" (2001) romkomi, "Van Helsing" (2004) jangari-uqubat filmi, "The Prestige" (2006) dramasi, "Australia" (2008) tarixiy melodramasi, "Real Steel" (2011) fantastikasi, "Les Misérables" (2012) myuzikli, "Prisoners" (2013) trilleri, "The Greatest Showman" (2017) myuzikli, "The Front Runner" (2018) siyosiy dramasi va "Bad Education" (2019) kriminal dramasi. "Les Misérables" filmidagi Jan Valjan roli uchun u "Eng yaxshi aktyor" sifatida "Oskar"ga nomzod boʻlib, "Oltin globus"ni yutib olgan. "The Greatest Showman" saundtreki uchun esa "Gremmi" mukofotiga sazovor boʻlgan. U shuningdek, "Flushed Away", "Happy Feet" (ikkalasi ham 2006), "Rise of the Guardians" (2012) va "Missing Link" (2019) kabi animatsion filmlarda qahramonlarga ovoz bergan. Jackman teatr sahnasidagi dastlabki rollari bilan ham tanilgan.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (35)
George Hardy
Robin Hood
Mike Sardina
Logan / Wolverine
Peter
Nicolas 'Nick' Bannister
Frank Tassone
Sir Lionel Frost (voice)
Gary Hart
Logan / X-24
P. T. Barnum
Bronson Peary
Vincent Moore
Blackbeard
Logan / Wolverine
Keller Dover
Davis (segment "The Catch")
Logan / Wolverine
Jean Valjean
Bunny (voice)
Charlie Kenton
The Drover
Wyatt Bose
Robert Angier
Roddy (voice)
Memphis (voice)
Peter Lyman
Tomás / Tom Creo / Tommy
Logan / Wolverine
Van Helsing
Logan / Wolverine
Leopold
Stanley
Eddie Alden
Logan / Wolverine


































