
Biografiya
Hülya Koçyiğit (1947-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — turk kinosining koʻzga koʻringan aktrisasi. U 180 ga yaqin filmda suratga tushib, xalqaro kinofestivallarda, jumladan, Antaliya "Oltin apelsin" kinofestivalida koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. Aktrisa 1963-yilda Ses jurnali tashkil etgan goʻzallik tanlovida ikkinchi oʻrinni egallab, kino olamiga kirib kelgan. Uning debyut filmi boʻlgan "Susuz Yaz" (1964) 14-Berlin xalqaro kinofestivalida "Oltin ayiq" mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi turk filmi hisoblanadi. "Derman" filmi beshta qitʼada namoyish etilgan birinchi turk kartinasi boʻlsa, "Kurbağalar" xorijiy telekanallarga sotilgan dastlabki turk filmlaridan biridir. 1991-yilda "Turkiya davlat artisti" unvoni bilan taqdirlangan Koçyiğit milliy va xalqaro miqyosda eng koʻp mukofot olgan hamda turk kinosining ramziy yuziga aylangan aktrisadir.










