Babek Ahmadpour
Aktyor

Babek Ahmadpour

Koker, Iran

Biografiya

Babek Ahmadpour 1979-yilda Eronning Gilon ustoni, Rudbor shahristoni, Koker qishlog‘ida tug‘ilgan. U Abbas Kiarostamining jahon kinosi durdonasi hisoblangan Where Is The Friend’s House? filmidagi Ahmed Ahmadpour roli bilan tanilgan. Filmda u akasi Ahmad Ahmadpour bilan birga suratga tushgan. Babek o‘z intervyularida o‘sha paytda televizor nimaligini bilmasligini, aktyorlik tajribasi yo‘qligini va Kiarostamining ko‘rsatmalarini shunchaki takrorlaganini eslaydi. Keyinchalik u akasi bilan birgalikda rejissorning Koker trilogiyasi yakunlangan Through The Olive Trees filmida ham ko‘rinish bergan. 2018-yilgi Tree Of Life hujjatli filmida u bilan intervyu uyushtirilgan.

Filmografiya (1)