
Akira Toriyama
Biografiya
Akira Toriyama (1955-yil, 5-aprel – 2024-yil, 1-mart) — yaponiyalik manga rassomi va personajlar dizayneri. U «Dr. Slump» komikslari bilan mashhurlikka erishgan, keyinchalik esa o‘zining eng mashhur asari — «Dragon Ball»ni yaratgan. Shuningdek, «Dragon Quest», «Chrono Trigger» va «Blue Dragon» kabi videoo‘yinlar uchun personajlar dizayni ustida ishlagan. Toriyama manga olami tarixiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning «Dr. Slump» asari 1981-yilda «Shogakukan» mukofotini qo‘lga kiritgan va Yaponiyada 35 million nusxadan ortiq sotilgan. Uning «Dragon Ball» asari esa jahon miqyosida eng ko‘p sotilgan manga seriyalaridan biri bo‘lib (260 million nusxa), anime madaniyatining G‘arb dunyosida ommalashishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 2019-yilda u san’at va adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Fransiya hukumati tomonidan «Ordre des Arts et des Lettres» ordeni bilan taqdirlangan.




