6.1IMDB
6.7TMDB

Antakyadagi eng yirik va yagona gilam ishlab chiqaruvchi Payidar oilasining vorisi Aziz Payidar farovon va badavlat hayot kechiradi. Fransuz delegati Monsieur Pierrning o‘g‘li leytenant Andreni o‘ldirib qo‘ygach, Azizning taqdiri o‘zgarib ketadi. U o‘g‘lib o‘sgan tuprog‘ini, yagona muhabbatini, muxtasar aytganda, bor bo‘lgan hamma narsasini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Oradan ikki yil o‘tib, u o‘lib ketgan deb o‘ylangan paytda kutilmaganda qaytib keladi va bu hamma uchun kutilmagan holat bo‘ladi. Endi hech narsa avvalgidek emas. Aziz nafaqat o‘ziga tegishli barcha narsani yo‘qotgan, balki hozirda fransuzlar istilosi ostida bo‘lgan Antakya u ketganidan ham battar ahvolga tushib qolgandi. Ustiga-ustak, uning birinchi muhabbati Dilruba amakisi Galip Payidarning o‘g‘li Ademga unashtirilgan edi. Kutilmaganda oddiy qishloq qizi Efnan hayotiga kirib kelgach, u hissiy ikkilanib qoladi va boshidan kechirgan qattiq ruhiy iztiroblardan so‘ng vaqt o‘tishi bilan o‘zini ham, haqiqiy muhabbatini ham topadi.

Treyler

Mening TOMO

holat · baho

Maʼlumot

Asl tiliTurk