
Biografiya
Pekin shahrida tug‘ilib o‘sgan xitoylik aktrisa. Pekin sport universitetini tamomlagan va shou-biznesga kirishidan avval Xitoy milliy taekvondo terma jamoasi a’zosi bo‘lgan (2004-yilda 55 kg vazn toifasida chempion bo‘lgan). 2012-yilda Jackie Channing "CZ12" filmida debyut qilgan. Ushbu roli uchun "Huading Awards"da "Eng yaxshi yangi ijrochi" mukofotini qo‘lga kiritgan va bir qancha nufuzli kinomukofotlarga nomzod bo‘lgan. Shuningdek, "Police Story 2013" va "Who Moved My Dream" filmlarida suratga tushgan.

