
Yui Aragaki
Biografiya
Yui Aragaki — yaponiyalik idol, model, aktrisa, qoʻshiqchi, seiyū va vaqti-vaqti bilan radio boshlovchisi boʻlib ishlovchi sanʼatkor. U 2007-yilda prokatda katta muvaffaqiyat qozongan "Koizora" ("Sevgi osmoni") filmidagi roli bilan tanilgan. Yui Aragaki 1988-yil 11-iyunda Okinava prefekturasining Naha shahrida tugʻilgan, uning ikkita opasi bor. U yoshlar uchun chiqariladigan "Nicola" (ニコラ) moda jurnalining kasting eʼlonini koʻrib, unga ariza topshiradi va bosh mukofotni qoʻlga kiritadi. 2001-yilda, 13 yoshida "Nicola"da model sifatida faoliyatini boshlaydi va jurnal muqovasida 15 marta suratga tushib, rekord oʻrnatadi. Jurnaldagi hamkasbi Ayako Enomoto unga xalq orasida mashhur boʻlgan "Gakki" laqabini beradi. 15 yoshida Aragaki Tokio shahriga koʻchib oʻtadi va yapon mashhurlari koʻp oʻqiydigan xususiy Horikoshi oʻrta maktabiga oʻqishga kiradi. 2004-yilda u "Nicola"dagi faoliyatini vaqtincha toʻxtatib, oʻzini fotomodel va aktrisalikda sinab koʻrishga qaror qiladi. Shuningdek, turli koʻrsatuvlar va reklamalarda, xususan, eng mashhur boʻlgan Pocky reklamalarida suratga tushadi. Bir yil oʻtib u rasman "Nicola" jurnali bilan xayrlashadi, biroq vaqti-vaqti bilan unda koʻrinish berib turadi. 2005-yilda Aragaki Tomohisa Yamashita va Masami Nagasawa kabi yapon idollari bilan birgalikda TBS telekanalining "Dragon Sakura" dramasida rol oʻynaydi. Bu uning aktrisalik faoliyatidagi burilish nuqtasi boʻldi. Shundan soʻng u "My Boss, My Hero" va "Gal Circle" kabi boshqa koʻplab dramalarga taklif etildi.
Filmografiya (1)
Hikari Umemura
