
Yasuhiro Takemoto
Biografiya
Yasuhiro Takemoto (1972-yil 5-aprel – 2019-yil 18-iyul) — yaponiyalik animator, tele va kinorejissyor. 1996-yildan umrining oxirigacha "Kyoto Animation" studiyasida faoliyat yuritgan. Uning rejissyor sifatidagi ilk yirik ishi 2003-yildagi "Full Metal Panic? Fumoffu" bo‘lib, ikki yildan so‘ng uning davomi bo‘lgan "The Second Raid" loyihasiga rahbarlik qildi. 2007-yilda Yutaka Yamamoto o‘rniga "Lucky Star" anime serialiga rejissyor etib tayinlandi. Shuningdek, "The Melancholy of Haruhi-chan Suzumiya" va "Nyorōn Churuya-san" loyihalariga boshchilik qilgan, Tatsuya Ishihara bilan birgalikda 2009-yilda efirga uzatilgan "The Melancholy of Haruhi Suzumiya" animening ikkinchi mavsumi va "The Disappearance of Haruhi Suzumiya" filmini suratga olgan. 2012-yilda Honobu Yonezavaning romanlari asosida yaratilgan "Hyouka" serialini, 2014-yilda esa Shoji Gatohning asarlari asosidagi "Amagi Brilliant Park" loyihasini boshqargan. 2019-yil 18-iyulda "Kyoto Animation" studiyasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng bevosita halok bo‘lgan.
