
Biografiya
Xu Yiyang Xitoyning Sichuan shahrida tug‘ilgan. 2016–2018-yillarda SM Entertainment stajyori bo‘lgan va 2013-yilda tuzilgan SMROOKIES deb nomlangan debyut oldi mashg‘ulotlar guruhiga kirgan. 2018-yil sentabrida SM Entertainment’ni tark etib, Xuan Sitatuning L. TAO ENTERTAINMENT kompaniyasiga qo‘shilganini tasdiqladi. 2019 yil boshida u The Next Top Bang (TNTB) shousi asosida tuzilgan «Legal High» loyihaviy qizlar guruhida debyut qildi. Biroq, guruh debyutidan bir necha oy o‘tib tarqalib ketdi. 2020-yilda «Chuang 2020» shousida ishtirok etib, 8-o‘rinni egalladi. 2020-yil 16-iyulda «Listen» raqamli singli bilan yakkaxon debyutini amalga oshirdi.
