Vince Staples
Aktyor

Vince Staples

2-iyul 1993 · 33 yosh Compton, California, USA

Biografiya

Vinsent Jamal Steypls (1993-yil 2-iyulda tug‘ilgan) — amerikalik reper va xonanda. Kaliforniyalik reperlar Aston Mettyus va Joi Fetts bilan birgalikda "Cutthroat Boyz" xip-xop guruhi a'zosi. Faoliyatining boshida Odd Future, Mayk Ji va Erl Svetshert bilan yaqin hamkorlik qilgan. Hozirda Motown va Talib Kvelining Blacksmith Records leyblari bilan hamkorlik qiladi. Steypls Odd Future a'zolari albomlarida ko‘rinish berib va prodyuser Mak Miller bilan hamkorlikda yaratilgan "Stolen Youth" miksteypi orqali tanilgan. 2014-yil oktyabrda "Hands Up" va "Blue Suede" singllari o‘rin olgan ilk "Hell Can Wait" mini-albomini chiqargan. 2015-yilda e'lon qilingan "Summertime '06" debyut albomi tanqidchilar tomonidan ijobiy kutib olindi. Shuningdek, u XXL 2015-yilgi "Freshman Class" ro‘yxatiga kiritilgan. "BagBak", "Big Fish" va "Rain Come Down" singllarini o‘z ichiga olgan ikkinchi albomi "Big Fish Theory" (2017) avant-gard, raqs va elektron musiqa uslublarini mujassam etgan. 2018-yilda uchinchi studiyaviy albomi "FM!", 2021-yil iyulida esa to‘rtinchi albomini taqdim etgan.

Filmografiya (1)