
Vikram Chatterjee
Biografiya
Vikram Chatterjee — bengaliyalik kinoktyor. U katta ekrandagi faoliyatini 2012-yilda Mainak Bhowmikning "Bedroom" filmidagi kichik rol bilan boshlagan va darhol e'tibor qozongan. O'sha yili u Rabindranath Tagorning so'nggi romani asosida Bappaditya Bandopadhyay tomonidan suratga olingan "Elar Char Adhyay" filmida bosh rolni ijro etdi. Ko'p o'tmay "Ami Aar Amar Girlfriends", "Hoichoi", "Britto" kabi filmlarda suratga tushib, bengal kinosining yetakchi aktyorlaridan biriga aylandi. U "Ichchenodi" serialida Anurag obrazini gavdalantirib, katta shuhrat qozondi. "Shaheb Bibi Golaam" filmidagi Zico roli esa aktyorga ko'plab mukofotlar va kino sanoatining yuksak e'tirofini olib keldi. Calcutta Times nashri uni 2017-yilda eng jozibali erkaklar ro'yxatida 5-o'ringa munosib ko'rgan.





