Ève Angeli
Aktyor

Ève Angeli

25-avgust 1980 · 46 yosh Sète, Hérault, France

Biografiya

Vanessa Annelyse Ève Garcin (1980-yil 25-avgustda Fransiyaning Set shahrida tugʻilgan), asosan sahna nomi Ève Angeli sifatida tanilgan — fransuz pop xonandasi, 2000–2002-yillarda “Eng yaxshi yangi fransuz artisti” nominatsiyasida NRJ Music mukofotini qoʻlga kiritgan. U 2010-yilda “Graines de star” televizion shousi orqali mashhurlikka erisha boshladi. Shoudagi muvaffaqiyatli chiqishi unga Sony Music bilan yirik ovoz yozish shartnomasini taqdim etdi va 2000-yilda uning debyut singli – “Avant de venir” chiqdi. Uning boʻllajak debyut albomidagi “Aime-Moi” (2002) toʻplamining bosh singli “Avant de Partir” Fransiya singllar chartida kuchli beshlikka kirdi. Navbatdagi “Elle” singli ham katta muvofaqqiyat qozonib, kuchli oʻnlikdan joy oldi. Garchi keyingi “Je Sais” va “C'est Pour Ça” singllari biroz kamroq mashhur boʻlgan boʻlsa-da, bu hitlar seriyasi “Aime-Moi” albomiga Fransiya albomlari chartida 11-oʻrinni egallashiga yordam berdi. 2002-yilda Angeli “Eng yaxshi yangi fransuz artisti” uchun NRJ Music mukofotini qoʻlga kiritdi va ikkinchi albomi – “Nos Différences”ni chiqardi. Albomdagi britaniyalik A1 boy-bendi bilan ikki tilda kuylangan bosh tarona unchalik katta boʻlmagan muvaffaqiyat keltirdi. Biroq, debyut albomiga nisbatan “Nos Différences” unchalik kutilgan natijani bermadi va Angeli bir necha yilga e'tibor markazidan chetga chiqdi. U 2004-yilda “La Ferme Célébrités” realiti-shousi, “Le Meilleur d'Eve Angeli” saralangan albomi hamda koʻp yillik tanaffusdan keyingi eng yirik hiti boʻlgan “Une Chanson dans le Coeur” nomli yangi singli bilan qaytdi. Shundan soʻng uning uchinchi albomi – “Viens” (2005) e'lon qilindi.

Filmografiya (1)