
Tyrese Gibson
Biografiya
Tyrese Darnell Gibson (1978-yil 30-dekabrda tug'ilgan) — Kaliforniyaning Los-Anjeles shahridan bo'lgan amerikalik R&B qo'shiqchisi va aktyor. U 1998-yilda RCA Records bilan shartnoma imzolab, o'sha yilning avgust oyida o'zining debyut singli – Billboard Hot 100 reytingining kuchli o'ntaligiga kirgan "Nobody Else"ni taqdim etdi. Ushbu taronadan so'ng uning o'z nomi bilan atalgan debyut albomi (1998) e'lon qilindi. Albom Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlandi va uning ikkinchi "Sweet Lady" hiti dunyo yuzini ko'rdi. Uning 2001-yilda chop etilgan “2000 Watts” va 2002-yildagi “I Wanna Go There” nomli ikkinchi hamda uchinchi albomlari RIAA sertifikatlariga sazovor bo'ldi. Oxirgi albomdagi "How You Gonna Act Like That" singli Billboard Hot 100 chartida yettinchi o'ringacha ko'tarilib, hozirgacha uning eng yuqori natija qayd etgan qo'shig'i bo'lib qolmoqda. 2006-yilgi to'rtinchi albomi “Alter Ego”da Black Ty taxallusi ostida hip-hop yo'nalishini sinab ko'rgan bo'lsa, beshinchi albomi “Open Invitation” (2011) “Eng yaxshi R&B albomi” yo'nalishida 55-Gremmi mukofotiga nomzod bo'ldi. Gibsonning oltinchi albomi “Black Rose” (2015) Billboard 200 chartining eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Gibson AQShda 4 milliondan ortiq singl va albom sotgan. U John Singleton'ning “Baby Boy” (2001) o'smirlar hayotiga bag'ishlangan dramasida ilk bosh rolini o'ynagan va “Fast & Furious” franshizasidagi Roman Pearce roli bilan butun dunyoga tanilgan. Gibson Singleton bilan yana bir bor hamkorlik qilib, “Four Brothers” (2005) jangari filmida suratga tushdi va “Transformers” franshizasida Robert Epps rolini ijro etdi. Shuningdek, u “Ride Along 2” (2016) komediyasi hamda “Morbius” (2022) superqahramonlik filmida rol o'ynagan.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (26)
Ray Jay
Mercer
Agent Simon Stroud
Roman Pearce
Sheriff McCoy
Milo 'Mouse' Jackson
Roman Pearce
Mayfield
Roman Pearce
Roman Pearce
Roman Pearce
Kyle Williams
USAF Chief Master Sergeant Epps
Machine Gun Joe Mason
USAF Tech Sergeant Epps
Angel Mercer
Roman Pearce
Joseph Summers

























