
Travis Scott
Biografiya
Jacques Bermon Webster II (1991 yil 30 aprelda tug'ilgan), sahnadagi taxallusi Travis Scott — amerikalik raper, qo'shiqchi, qo'shiqnavis va musiqa prodyuseri. U o'zining taxalluzini sevimli amakisining ismi hamda o'ziga ilhom bergan ijodkorlardan biri Kid Cudi'ning (asl ismi Scott Mescudi) ismini birlashtirib olgan. 2012 yilda Scott o'zining ilk yirik leybl shartnomasini Epic Records bilan va musiqa nashri bo'yicha shartnomasini Kanye West'ning GOOD Music kompaniyasi bilan imzolagan. 2013 yil aprel oyida u Epic hamda T.I.'ning Grand Hustle studiyasi bilan hamkorlik shartnomasini tuzgan. Scott'ning ilk to'liq loyihasi — "Owl Pharaoh" miksteypi 2013 yilda mustaqil ravishda chiqarilgan. Shundan so'ng, 2014 yilda uning ikkinchi miksteypi — "DaysBefore Rodeo" taqdim etilgan. Uning debyut studiyaviy albomi "Rodeo" (2015) "Antidote" xiti bilan mashhurlikka erishgan. Ikkinchi albomi esa "Birds in the Trap Sing McKnight" (2016) Billboard 200 chartida birinchi o'rinni egallagan ilk albomi bo'ldi. Keyingi yili Scott Quavo bilan birgalikda Huncho Jack guruh nomi ostida "Huncho Jack, Jack Huncho" nomli qo'shma albomini chiqargan. 2018 yilda uning uchinchi studiyaviy albomi "Astroworld" tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, Billboard Hot 100 chartida birinchi o'rinni olgan ilk treki — "Sicko Mode" (Drake ishtirokida) ni taqdim etdi. 2019 yil oxirida Scott'ning Cactus Jack Records leyblida "JackBoys" nomli to'plam albomi chiqarildi va u ham Billboard 200 chartida birinchi o'rinni egalladi. 2020 yilda "Franchise" singli (Young Thug va M.I.A. ishtirokida) chiqqandan so'ng, Scott Hot 100 chartida bir yo'la uchta qo'shig'i debyut qilgan tarixdagi ilk artistga aylandi.
