T
Ssenariynavis

Tom Moran

12-avgust 1987 · 39 yosh Taunton, Somerset, England, UK

Biografiya

Tom Moran — britaniyalik ssenariynavis. U Sharqiy Angliya universitetida tahsil olgan. Ssenariy yozish va aktyorlik mahorati bo‘yicha o‘qib yurgan kezlarida Laugh Out Loud komediya klubini tashkil etgan. Keyinchalik Edinburg Fringe festivalida 21 kunlik maxsus dastur bilan qatnashgan. 2014-yilda Moran Guardian va Legend Press nashrlarining o‘quvchilar e'tiboriga loyiq topilgan kitoblar uchun ta'sis etilgan yangi mukofotini qo‘lga kiritdi. Mazkur mukofot nafaqat zamonaviy va istiqbolli, balki kelgusida ham uzoq vaqt tilga olinadigan asarlarni aniqlashga qaratilgan. Tanlovdan so‘ng Moran Washington Post kabi nufuzli nashrlar e'tiboriga tushdi. 2015-yilda Moran Printheads nomli yangi sitkomi uchun BAFTA Rocliffe New Comedy Writing Forum g‘oliblaridan biri deb topildi. Ushbu muvaffaqiyat unga New York televideniye festivalida o‘z loyihasini taqdim etish imkonini berdi, festivalda professional aktyorlar ssenariyni jonli ijro etishdi. Shuningdek, u mazkur festivalda White Rabbit sci-fi (ilmiy-fantastik) loyihasi uchun AMC-Channel 4 Drama Co-Development mukofotini qo‘lga kiritdi. Moran Amazon Prime Video platformasining The Devil's Hour triller serialining ssenariy muallifi va ijrochi prodyuseridir.

Filmografiya (1)