
Biografiya
Tom Leeb (1989-yil, 21-mart) — fransuz aktyori, xonanda va komik. U 2020-yilda Rotterdamda o'tishi kerak bo'lgan Eurovision qo'shiq tanlovida Fransiyani "Mon alliée (The Best in Me)" qo'shig'i bilan namoyon etishi kerak edi. U mashhur hajvchi Michel Leeb va jurnalist Béatrice Malicet'ning oilasida, Parijda tug'ilgan. Tom oiladagi eng kenja farzand. 2003-yilda u otasi bilan birga Madame Doubtfire spektaklida sahnaga chiqqan. Besh yil davomida Nyu-Yorkda teatr, kino, vokal va raqs san'atini o'rgangan. 2013-yilda Sous le soleil de Saint-Tropez serialida Tom rolini o'ynagan, keyinchalik Section de recherches serialida Adrien obrazini gavdalantirgan. O'sha yili u Paroles filmida suratga tushgan. 2014-yilda Jean Reno bilan birga Avis de mistral filmida ishtirok etgan. Shu yili u aktyor Kevin Levy bilan komik dueti tuzib, Kevin et Tom nomli shouni yaratdi. 2018-yil mart oyida u Roy Music leybli ostida o'zining ilk "Are We Too Late" singlini taqdim etdi. Ijodida John Mayer, Matt Corby va Ben Howard kabi san'atkorlardan ilhom oladi.
Filmografiya (4)
Joseph Duvernet
Juan Carlos



