
Tatyana Lioznova
Biografiya
Tatyana Mixaylovna Lioznova 1924-yil 20-iyulda Moskvada tug‘ilgan. Muhandis bo‘lgan otasi urush boshlanishi bilan frontga ketib, 1941-yilda halok bo‘lgan. Onasi uning ijodiy qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatgan. Maktabdan so‘ng Moskva aviatsiya institutiga o‘qishga kirgan, biroq tez orada uni tashlab ketgan. 1945-yilda VGIKga (Butunittifoq davlat kinematografiya instituti) hujjat topshirgan, ammo birinchi sinov semestridan so‘ng uni «hayotiy tajribasi yetarli emas» degan vaj bilan o‘qishdan haydashgan. Tatyana taslim bo‘lmay, institut eshigi oldida ustozlarini o‘zi suratga olgan o‘quv filmlarini tomosha qilishga ko‘ndirgan va o‘qishni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritgan. VGIKda Sergey Gerasimov va Tamara Makarova ustaxonasida tahsil olgan. Bir necha yil davomida rejissor yordamchisi sifatida Sergey Gerasimovning «Yosh gvardiya» (1948), Boris Buneyevning «Sirli topilma» (1953) va Stanislav Rostotskiyning «Yer va odamlar» (1955) filmlarida ishlagan. Lioznovaning ilk mustaqil rejissorlik ishi — «Yurak xotirasi» filmi 1958-yilda ekran yuzini ko‘rgan.
