
Biografiya
Tasos Boulmetis (grekcha: Τάσος Μπουλμέτης; 1957-yil, Istanbul) — yunon rejissori. U „Politiki Kuzina“, „Notias“ va „1968“ filmlarini suratga olgan. „Politiki Kuzina“ Gretsiyada eng koʻp chipta sotgan film hisoblanadi. 1957-yilda Istanbulda tugʻilgan, ammo 1964-yilda Istanbuldagi yunon fuqarolari deportatsiya qilingach, Gretsiyaga koʻchib oʻtgan. U dastlab Afina universitetida fizika fakultetida oʻqigan, soʻngra Onassis jamgʻarmasi granti asosida Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida kino va televideniye produserligi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. Gretsiyaga qaytgach, telekoʻrsatuvlar va reklamalar suratga olishni boshlagan, shuningdek, raqamli maxsus effektlar ustida ishlagan. 1990-yilda u oʻsha davr uchun ilgʻor texnika boʻlgan Beta sp videotasvirga olinib, 35 mm plyonkaga koʻchirilgan „Dream Factory“ filmi bilan rejissyorlikda debyut qilgan. Ushbu film sakkizta davlat mukofotini va 1990-yilda Xyuston kinofestivalining „Fantasy Award“ mukofotini qoʻlga kiritgan. 2003-yilda u oʻzining ssenariy muallifi va koproduseri boʻlgan navbatdagi „Politiki Kuzina“ filmiga rejissyorlik qildi. Film Gretsiyada ulkan tijoriy muvaffaqiyatga erishib, taxminan 1 500 000 ta chipta sotgan holda mamlakat tarixidagi rekordni oʻrnatdi. Film Sifatli kinolar davlat mukofotida „Eng yaxshi film“ deb topildi, Tasos Boulmetisning oʻzi esa „Eng yaxshi rejissor“ va „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyalarida gʻolib chiqdi. uning keyingi ishi 2016 yilda chiqqan avtobiografik „Notias“ filmi boʻldi. 2018 yilda esa AEK jamoasining 1968-yilgi Yevropa kubogida Slaviya Pragaga qarshi oʻyindagi gʻalabasiga bagʻishlangan dramatizatsiyalangan hujjatli filmni taqdim etdi.
