
Taleh Yuzbeyov
Biografiya
U 1986-yil 6-dekabrda Boku shahrida tug‘ilgan. 2009-yilda Ozarbayjon davlat madaniyat va san'at universitetining teatr va kino aktyorligi fakultetini tamomlagan. O‘qishining uchinchi kursidan, ya'ni 2008-yildan Ozarbayjon davlat pantomima teatrida ish boshlab, «Potter», «Frame», «Pantomima guldastasi», «Xola Tik-Tik» va boshqa spektakllarda rol o‘ynagan. 2017-yilda «YUZ production» kompaniyasiga asos solib, ko‘plab mahalliy va xalqaro kompaniyalar uchun reklamalar suratga olgan. Kinochilikdagi faoliyatini 2015-yilda boshlagan («Bolalar uyi: Ozarbayjoncha talonchilik» (2015), «21 savol» (2017), «Qiz o‘g‘irlash» (2017) va boshqalar). 2016-yildan buyon videobler sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Facebook, YouTube va Instagram'da ulashgan videolari orqali tanilgan hamda ko‘plab qisqa metrajli filmlari («Zəhər Tuluğu», «Ortastatistik Rasim», «Evli kişinin dramı» va boshqalar) bilan xalq mehrini qozongan.






