
Suppanad Jittaleela
Biografiya
Suppanad Jittaleela (Tina laqabi bilan tanilgan) — Tailandning Ratchaburi provinsiyasida tug'ilgan tailand-xitoylik aktrisa, DJ, model va qo'shiqchi ("The Painter Band" guruhi a'zosi). Boshlang'ich maktabni tugatgach, Bangkokka ko'chib o'tgan. U yerda Satriwithaya maktabida o'qib, uni tamomlagandan so'ng Chiang May universitetida dasturiy injininering yo'nalishida o'qidi. Biroq ishi tufayli o'qishini oxirigacha tugata olmadi. Oxir-oqibat, 2015 yil 13 dekabrda Rangsit universitetining Ommaviy kommunikatsiyalar fakultetini tamomladi. Tina Sucharat Manaying (Aom) bilan birgalikda o'zining ilk filmi bo'lgan "Yes or No" kartinasida bosh rol — "Kim" obrazini gavdalantirgach shuhrat qozondi. Filmning muvofaqiyati tufayli u butun Osiyoda, ayniqsa Xitoyda mashhur bo'lib ketdi. Jittaleela Pynk FM radiosining sobiq DJ'i hisoblanadi. Shuningdek, u kinoda rol o'ynagunga qadar podium modeli bo'lgan. U Tailanddan tashqarida, asosan Xitoy hamda Gonkong va Tayvan kabi xitoy tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda mashurroq. Shunga qaramay, hozirda Jittaleela Tailandning porlab kelayotgan yulduzlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. 2016 yil 26 sentyabrda aktrisaning tug'ilib o'sgan Ratchaburi shahridagi oilaviy uyi yonib ketib, ota-onasi vafot etgan.
Filmografiya (1)
Khem (segment "The Convent")
