
Stephen King
Biografiya
Stiven Edvin King (1947-yil 21-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik yozuvchi. U asosan qoʻrqinchli janrdagi romanlari bilan tanilgan boʻlib, haqli ravishda "Dahshat qiroli" deya eʼtirof etiladi. Shuningdek, u triller, kriminal, ilmiy-fantastika, fantastika va detektiv janrlarida ham ijod qilgan. Asosan romanlari bilan tanilganiga qaramay, u 200ga yaqin qissa yozgan va ularning aksariyati toʻplamlar holida nashr etilgan. Uning ilk asari boʻlgan "Carrie" (1974) romani unga dahshat janridagi ijodkor sifatida shuhrat keltirdi. Toʻrtta qissani oʻz ichiga olgan "Different Seasons" (1982) toʻplami esa uning ushbu janrdan chekinib yozgan ilk yirik ishi boʻldi. King asarlari asosida "Carrie" (1976), "The Shining" (1980), "The Dead Zone" va "Christine" (ikkisi ham 1983), "Stand by Me" (1986), "Misery" (1990), "The Shawshank Redemption" (1994), "Dolores Claiborne" (1995), "The Green Mile" (1999), "The Mist" (2007) hamda "It" (2017) kabi mashhur filmlar suratga olingan. U Richard Baxman taxallusi ostida ham asarlar chop etgan, shuningdek, doʻsti Piter Straub va oʻgʻillari Jo Xill hamda Ouen King bilan hamkorlikda kitoblar yozgan. Badiiy asarlardan tashqari, u "Danse Macabre" (1981) va "On Writing: A Memoir of the Craft" (2000) kabi ilmiy-ommabop kitoblar muallifidir. King "The Man in the Black Suit" (1994) hikoyasi uchun O. Genri mukofotiga, 11/22/63 (2011) romani uchun Los Angeles Times kitob mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u adabiyotga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2003-yilda Amerika adabiyotiga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun medali, 2007-yilda Amerika detektiv yozuvchilari uyushmasining Buyuk usta mukofoti hamda 2014-yilda Milliy sanʼat medali bilan taqdirlangan.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (8)
Self (voice)
Truck Driver
Jordy Verrill (segment "The Lonesome Death Of Jordy Verrill")







