
Sonny Chiba
Biografiya
Sonny Chiba (1939-yil 23-yanvar — 2021-yil 19-avgust) — yaponiyalik aktyor va jang san'ati ustasi. Shin'ichi Chiba nomi bilan ham tanilgan. U jang san'atidagi mahorati evaziga dastlab Yaponiyada, keyinchalik xalqaro miqyosda tanilgan ilk aktyorlardan biri bo'lgan. Fukuoka shahrida tug'ilgan Chiba maktab yillarida beysbol, voleybol va gimnastika bilan shug'ullangan. Universitetda o'qib yurib jang san'atini o'rgana boshlagan va 1965-yilda Kiokusin karate bo'yicha qora belbog', 1984-yilda esa to'rtinchi dan sohibi bo'lgan. Chibaning aktyorlik faoliyati 1960-yillarda tokusatsu janridagi superqahramonlar seriallarida boshlangan. Uning eng mashhur roli 1974-yilda suratga olingan "Ko'cha jangchisi" filmiga to'g'ri keladi. Shuningdek, u faoliyati davomida "Kill Bill: 1-jild" (2003) va "Forsaj 3: Tokio drift" (2006) kabi Hollywood filmlarida ham suratga tushgan. Chiba 2021-yil 19-avgustda 82 yoshida Tokiodagi kasalxonada COVID-19 asoratlaridan vafot etdi.
Filmografiya (2)
Hattori Hanzo
Hattori Hanzo

