Siddhant Chaturvedi
Aktyor

Siddhant Chaturvedi

29-aprel 1993 · 33 yosh

Biografiya

Siddhant Chaturvedi — hind aktyori. U Uttar-Pradesh shtatining Balliya tumanida buxgalter va uy bekasi oilasida tugʻilgan. 5 yoshida oilasi bilan Mumbayga koʻchib oʻtgan. Mithibai kollejini bitirgach, dastlab buxgalterlik sohasida faoliyat yuritishni rejalashtirib, uni teatr bilan uygʻunlashtirib borgan. Biroq, Bombay Times tashkil etgan milliy iqtidorlar tanlovida gʻolib chiqqach, butun eʼtiborini aktyorlikka qaratgan. U aktyorlik mahoratini oshirish uchun gʻarb va klassik raqslar, jang sanʼatlari va parkur bilan shugʻullangan. Shuningdek, rasm chizish va sheʼriyatga qiziqadi. Faoliyatini Luv Ranjanning "Life Sahi Hai" yoshlar serialida boshlagan, soʻngra Amazonning "Inside Edge" hind-amerika veb-serialida suratga tushib, tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlgan. Ushbu serial 46-xalqaro "Emmy" mukofotida "Eng yaxshi drama seriali" nominatsiyasiga loyiq koʻrilgan. U Coca-Cola kompaniyasining xalqaro reklamalarida ham ishtirok etgan. Bollivuddagi debyutini Zoya Axtarning "Gully Boy" filmi orqali amalga oshirgan.

Filmografiya (1)

Shrikant Bhosie / MC Sher