
Shanjhey Kumar Perumal
Biografiya
Shanjhey Kumar Perumal — o'n yildan ortiq tajribaga ega malayziyalik rejissyor va ssenariynavis. Universiti Sains Malaysia universitetini tamomlagach, Malayziya televideniyesi uchun 300 dan ortiq epizodlarga ssenariy yozgan va rejissyorlik qilgan. U hujjatli, qisqa metrajli, musiqiy va bolalar uchun mo'ljallangan loyihalarda faol ishtirok etgan. 2006-yilda uning «Thaipoosam» qisqa metrajli filmi Rotterdam xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan. 2009-yilda «Machai» filmi BMW Shorties Malaysia tanlovining bosh mukofotiga loyiq ko'rilgan. «Jagat» filmi 2011-yilda Toronto Tamil xalqaro kinofestivalida eng yaxshi operatorlik ishi uchun mukofotlangan. 2011-yilda u Skyzen (M) Sdn. Bhd. kompaniyasiga asos solgan. «Jagat» rejissyorning ilk to'liq metrajli filmi hisoblanadi.
