Shamim Ara
Aktyor22-mart 1938 — 5-avgust 2016

Shamim Ara

Aligarh, Uttar Pradesh, India
23ish TOMO’da
10.0eng yuqori: Saheli

Biografiya

Shamim Ara — pokistonlik taniqli kinoaktrisa, produser va rejissyor. U 1938-yilda Britaniya Hindistonining Aligarh shahrida tug‘ilgan. Otasining ismi Syed Ali Ahmad bo‘lgan. Shamim Araning onasi erta vafot etgani bois uning Pokistonda aktrisalik faoliyatini boshlashida buvisi Iqbal Begum katta rol o‘ynagan. Oilasi uning bolaligida professional raqqosa bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan. 1956-yilda oilasi Pokistonning Karachi shahriga keladi va u yerda Shamim Ara o‘zining yangi "Kunwari Bewa" (1956) filmi uchun yangi iste'dodlarni qidirayotgan mashhur rejissyor Najam Naqvi bilan uchrashib qoladi. U mazkur filmga tasdiqlanib, kinochilikdagi ijodiy faoliyatini boshlaydi. Shamim Ara "Saheli" (1960), "Qaidi" (1962), "Naila" (1965) va "Anarkali" (1958) kabi o‘nlab o‘ta mashhur filmlarda rollar ijro etgan. 1976-yilda rejissyorlikka o‘tib, "Playboy" (1978), "Miss Istanbul" (1996) va "Munda Bigra Jaye" (1995) kabi qator kassabop filmlarni suratga olgan. Eri Sardar Rind Karochi-Haydarobod avtomagistralida fojiali avtohalokatga uchrab vafot etgach, u rejissyor Fareed Ahmedga turmushga chiqadi, biroq bu nikoh uzoqqa cho‘zilmaydi va ular noma'lum sabablarga ko‘ra ajrashib ketishadi. Shundan so‘ng Shamim Ara "Agfa Color Film" kompaniyasidan A.Majeedga turmushga chiqib, Salman Iqbal ismli o‘g‘il farzand ko‘radi. 2016-yil holatiga ko‘ra, u kino ssenariynigori va produser Dabeer-ul-Hasan bilan turmush qurib yashamoqda.

Eng mashhur ishlari