
Sebastien Sisak
Biografiya
IMDb ma'lumotlariga koʻra, Sebastien — bir nechta tillarda (ingliz, fransuz, rus va arman) soʻzlashuvchi hamda oʻziga xos hayot yoʻlini bosib oʻtgan aktyor. Ilgari jinoyat ishlari boʻyicha tergovchi va huquqshunos boʻlib ishlagan u 2008- yilda Fransiyaning Nitsa shahrida ilk bor sahna yuzini koʻrdi. Fransuz teatrida bir necha yil davomida mumtoz va zamonaviy spektakllarda rol oʻynaganidan soʻng, Fransiya, Buyuk Britaniya va Rossiyada turli xil obrazlarni gavdalantirib, kinekoatografiyaga kirib keldi. Armanistan poytaxti Yerevan shahrida tugʻilgan Sebastien rus maktabida taʼlim olgan. 12 yoshidan boshlab 10 yil davomida karate klubida shugʻullangan. Qora belbogʻ egasi va uch karra Armaniston karate chempioni boʻlgan. U Armaniston Ichki ishlar vazirligining Oliy maktabida huquqshunoslik fakultetida oʻqib, jinoiy huquq boʻyicha magistr darajasini olgan va jinoyat qidiruviga ixtisoslashgan. Oʻqish davrida oʻqotar qurollardan foydalanish mahorati bilan tezda ajralib turdi. Yakuniy imtihonda Sebastien eng yuqori natijani qayd etib, 30 balldan 30 ball oldi. Shundan soʻng politsiya inspektori, jinoyat qidiruv tergovchisi boʻlib ishladi va 23 yoshida AQSh FQB agentligining tergovchisiga tenglashtirilgan lavozimda faoliyat yuritdi. Politsiya xizmatidagi faoliyatini toʻxtatib, Fransiyadagi universitetda oʻqish orqali bolalikdagi orzusini amalga oshirishga qaror qildi. Oʻqishni tamomlagach, Sebastien Oban, Nitsa va Parijdagi turli yuridik idoralarda 9 yil davomida huquqshunos sifatida ishladi. Nihoyat, 2008-yilda Fransiyadagi teatr truppasiga qoʻshildi. U tezda isteʼdodli aktyor sifatida tan olindi va oʻz ijodiy faoliyatini boshlab yubordi.
Filmografiya (1)
Ler / Lernik
