S
Ssenariynavis

Sarah Pinborough

15-avgust 1972 · 54 yosh Bletchley, Buckinghamshire, England, UK. [now Milton Keynes, Buckinghamshire, England, UK]

Biografiya

Ingliz yozuvchisi va ssenariynavisi, 20 dan ortiq yoshlar va kattalar uchun mo‘ljallangan asarlar muallifi. U ko‘proq triller, fentezi va turli janrlar uyg‘unligidagi romanlari bilan tanilgan. 1972-yilda Angliyaning Bakingemshir shahrida diplomat oilasida tug‘ilgan. Bolaligida Suriya, Hindiston, Sudan va Rossiya kabi mamlakatlarda yashagan. Angliyada internat maktabini tamomlagach, turli sohalarda ishlagan, so‘ngra olti yil maktab o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan. 2001-yilda «Express Delivery» nomli dahshatli hikoyasi bilan ijodini boshlagan. Keyinchalik «The Dog-Faced Gods» trilogiyasi va Sarah Silverwood taxallusi ostida «Nowhere Chronicles» turkumini yozgan. 2017-yilda yozilgan «Behind Her Eyes» trilleri unga katta shuhrat keltirdi va 2021-yilda Netflix tomonidan ekranlashtirildi.

Filmografiya (1)