
Sarah Burns
Biografiya
Sarah Burns — amerikalik kino va televideniye aktrisasi hamda komik, HBO kanalining “Enlightened” serialidagi Krista roli bilan yaxshi tanilgan. Nyu-Yorkning Long-Aylend shahrida tug‘ilgan Burns Nyu-Yorkdagi “Upright Citizens Brigade” teatrida muntazam ravishda improvizatsiya komediyalari bilan chiqish qilib kelgan. U komedik film va seriallardagi rollari bilan mashhur. Aktrisa “Slow Learners” (2015, Adam Pally bilan birga), “I Love You, Man” (2009), “Going the Distance” (2010) va “Life as We Know It” (2010) kabi filmlarda suratga tushgan. Shuningdek, “Damage Control”, “Flight of the Conchords”, “Party Down” va “Ben and Kate” kabi teleseriallarning epizodlarida ko‘rinish bergan. 2010-yili Tribeka kinofestivalida namoyish etilgan “Cried Suicide” qisqa metrajli filmida bosh rollardan birini ijro etgan, 2012-yilda ishlangan “The First Step” qisqa metrajli filmi esa 2013-yilgi Sietl xalqaro kinofestivalida premyera qilingan. U 2013-yil iyulida namoyish etila boshlagan Comedy Central kanalining “Drunk History” ko‘rsatuvi doimiy aktyorlari safida ishtirok etadi. 2015-yilda Burns FX kanalining “Married” komediya serialining ikkinchi mavsumida doimiy rol ijro etgan. Shuningdek, “How to Get Away With Murder” serialining ikkinchi mavsumida prokuror yordamchisi Emily Sinclair obrazini gavdalantirgan. 2009-yilda “Entertainment Weekly” jurnali uni “ Gollivudning 25 ta eng kulgili aktrisasi” ro‘yxatiga kiritgan.
Filmografiya (3)
Janine Groff


