
Sarah Adilah
Biografiya
Sarah Adilah 1998-yil, 21-iyulda Paluda tug‘ilgan. Yoshligidan o‘qish, yozish, rasm chizish va fotosuratga qiziqqan, keyinchalik mustaqil ravishda kino san’atini o‘rgana boshlagan. U kino olamini o‘z bilim va qiziqishlarini kashf etish vositasi deb biladi. O‘rta maktab davrida suratga olgan ilk qisqa metrajli “Cermin” (2015) filmi milliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Multimedia Nusantara universitetining kino fakultetida grant asosida tahsil olgan. Talabalik yillarida ham universitetda, ham tashqarida qisqa metrajli filmlar suratga olgan. 2018-yilda uning “Sandy Sugar” qisqa metrajli filmi Kann kinofestivalining “Short Corner” dasturiga saralangan. “A Step of Death” hujjatli filmi esa Indoneziya kinofestivalida “Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan. 2019-yilda bitiruv ishi sifatida “Boncengan” badiiy filmini suratga oldi. Shuningdek, Paludagi tabiiy ofatlar oqibatlari haqidagi “Living On The Top of Fault” nomli hujjatli loyihasi 2020-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

