
Saloma
Biografiya
Biduanita Negara Puan Sri Datin Amar Salmah Ismail yoki ko'pchilikka Saloma nomi bilan tanilgan san'atkor (1935-yil 22-yanvar – 1983-yil 25-aprel) banjar va bawean millatiga mansub bo'lgan singapurlik-matsiyalik qo'shiqchi, aktrisa hamda malay kino olamining 1950-yillarning oxiridan 1980-yillarning boshigacha bo'lgan davrdagi moda ikonasi edi. Singapurning Pasir-Panjang shahrida tug'ilgan. U aktrisa Mariani nomi bilan tanilgan Mariam Ismailning singlisidir. Uni ko'pincha "Sharqning Marilyn Monroesi" deb atashgan. Saloma o'zining shirin, to'la ovozi – "lemak merdu" deb ta'riflanadigan vokal imkoniyatlari bilan mashhur bo'lgan. U EMI music kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, shundan so'ng "Dendang Saloma" (1957), "Bunga Negara" (1963) va "Aslirama" (1972) kabi ko'plab albomlar chiqargan. Uning karyerasidagi eng mashhur qo'shiqlar qatoriga “Selamat Pengantin Baru” hamda “Bila Larut Malam” kiradi. Saloma aktrisalikda ham o'zini sinab ko'rib, "Azimat" (1958) va "Kaki Kuda" (1958) kabi filmlarda suratga tushgan. Uning eng esda qolarli rollari sirasiga "Seniman Bujang Lapok" (1961) filmidagi Cik Salmah, "Ragam P. Ramlee" (1964) hamda "Ahmad Albab" (1968) filmidagi Mastura kiradi. Saloma Malayziya musiqa sanoatiga qo'shgan hissasi uchun 1978-yilda "Biduana Pertama Negara" (Birinchi Milliy qo'shiqchi) unvoniga sazovor bo'lgan, shuningdek, 1990-yilda Tan Sri Datuk Amar Dr. P. Ramleening rafiqasi sifatida "Puan Sri" unvonini olgan. Turmush o'rtog'i P. Ramlee 1973-yilda vafot etgach, Saloma qattiq qayg'u va tushkunlikka tushib qoladi, bu esa uning sog'lig'iga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.




