
Saboor Aly
Biografiya
Saboor Aly — pokistonlik kino va televideniye aktrisasi. Aktrisa Sajal Alyning singlisi bo'lgan Saboor o'z karyerasini 2011-yilda "Dil Awaiz" va "Choti Si Kahani" melodramalaridagi kichik rollar bilan boshlagan, o'sha yilning o'zida opasi bilan birga "Mehmoodabad Ki Malkain" oilaviy dramasida suratga tushgan. Bir nechta seriallarda ikkinchi darajali rollarni o'ynagach, u 2015-yilda suratga olingan "Mr. Shamim" sitkomidagi komedik roli bilan tanila boshladi. U ikkinchi darajali rollarni davom ettirib, "Rang Laaga" (2015), "Bay Qasoor" (2015-2016), "Bhai" (2016-2017) va "Visaal" (2018) dramalarida hissiyotlarga boy obrazlarni mahorat bilan yaratgani uchun olqishlarga sazovor bo'ldi. 2016-yilda ekran yuzini ko'rgan "Actor in Law" romantik komediyasidagi debyut roli unga Lux Style Awards mukofotining "Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa" nominatsiyasini keltirdi.








