
Ryunosuke Kamiki
Biografiya
Ryunosuke Kamiki (1993-yil 19-mayda tug‘ilgan) — yaponiyalik aktyor. Kino olamiga 2 yoshida kirib kelgan. U o‘zining debyut roli bo‘lgan "Good News" serialida SMAP guruhi a’zosi Masahiro Nakaining o‘g‘li Naoya obrazini gavdalantirib, katta mashhurlikka erishgan. 2001-yilda Hayao Miyazaki tomonidan kashf etilib, Studio Ghibli’ning Yaponiyada eng ko‘p daromad keltirgan "Spirited Away" animatsion filmida Bao obraziga ovoz bergan. 1999-2002-yillar oralig‘ida o‘ndan ortiq loyihalarda ishtirok etib, "mo‘jiza bola" degan nom qozongan. 11 yoshida ilk mukofotini "Backdrop del mio Papá" filmi uchun olgan. 2004-yildan 2020-yilga qadar deyarli har yili turli mukofotlarga loyiq ko‘rilgan. Bugungi kunda Ryu Yaponiya kino sanoatining timsoliga aylangan sevilib tomosha qilinadigan aktyorlardan biri. U kamerani yoqishlari bilanoq obrazga kirib keta oladigan ishonchli yetakchi aktyor sifatida nom qozongan. Bolalikdan yetuklikka o‘tishdagi muvaffaqiyati va kamtarligi uni ko‘pchilik uchun namuna qilgan. Ish tanlashda tajriba o‘tkazishni yoqtiradi. U uchun mashhurlik yoki bosh rol emas, balki obrazning o‘zi muhim. Oldindan katta maqsadlar qo‘yishdan ko‘ra, zimmasidagi ishni chin dildan bajarishga odatlangan. Ko‘plab nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan loyihalarda suratga tushgan. 2011-yilda "Threads of Our Hearts" filmidagi bosh roli uchun ilk xalqaro mukofotini qo‘lga kiritgan.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (14)
Koichi Shikishima
Koichi Shikishima
Tomoya Serizawa (voice)
Peter (voice)
Taki Tachibana (voice)
Amaya Takeru
Sho (voice)
Kenji Koiso (voice)
Piisuke (voice)
Tadashi Ino
Markl (voice)
Boh (voice)













