Ryan Reynolds
Aktyor

Ryan Reynolds

23-oktyabr 1976 · 49 yosh Vancouver, British Columbia, Canada

Biografiya

Ryan Rodney Reynolds (1976-yil, 23-oktabr) — kanadalik va amerikalik aktyor, tadbirkor hamda kino prodyuser. Komediya va superqahramonlik filmlaridagi rollari bilan tanilgan aktyor 2020 va 2024-yillarda dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. U ikki karra «Primetime Emmy» mukofotini qo‘lga kiritgan, shuningdek, «Grammy» va «Golden Globe» mukofotlariga nomzod bo‘lgan. U ishtirok etgan filmlar dunyo bo‘ylab 6,6 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan. Kanadaning Vankuver shahrida o‘sgan Reynolds aktyorlik faoliyatini 13 yoshidan boshlab turli teleseriallarda kichik rollar ijro etish bilan boshlagan. Uning ilk bosh roli «Hillside» (1991–1993) teleserialiga to‘g‘ri keladi, keyinchalik esa «Two Guys and a Girl» (1998–2001) sitkomida suratga tushgan. Uning kino karyerasidagi muvaffaqiyatli loyihalar qatoriga «National Lampoon's Van Wilder» (2002), «Waiting...» (2005), «The Proposal» (2009) romantik komediyalari, shuningdek, «Blade: Trinity» (2004), «X-Men Origins: Wolverine» (2009), «Green Lantern» (2011) superqahramonlik filmlari va «Woman in Gold» (2015) biografik dramasi kiradi. Reynolds dunyo miqyosidagi katta shuxratga «Deadpool» franshizasi (2016, 2018, 2024) orqali erishdi. Uning boshqa muhim loyihalari qatoriga «Life» (2017), «6 Underground» (2019), «Free Guy» (2021) va «The Adam Project» (2022) filmlari kiradi.

Eng mashhur ishlari

Filmografiya (41)

Wade Wilson / Deadpool / Nicepool

Wade Wilson / Deadpool / Juggernaut (voice)

Wade Wilson / Deadpool / Juggernaut (voice)

Wade / Deadpool

Jerry Hickfang / Mr. Whiskers (voice) / Bosco (voice) / Deer (voice) / Bunny Monkey (voice)

Turbo (voice)

Hal Jordan / Green Lantern

Gary / Gavin / Gabriel