
Rudy Mancuso
Biografiya
Rodolfo "Rudy" Mancuso (1992-yil 28-fevralda tug‘ilgan) — amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser, internet-yulduz, komik, model va musiqachi. YouTube va Vine ilovalaridagi hajviy videolari bilan tanilgan. Uning faoliyatini Shots Studios kompaniyasi boshqaradi. Mancuso videolari ko‘pincha musiqiy-komediya janrida bo‘ladi. Otasi italyan, onasi braziliyalik bo‘lgan Mancuso besh yoshidan pianino chalishni boshlagan. 2016-yilda YouTube kanalini ochdi, Comedy Central kanalining "Drunk History" va HBO kanalining "Outpost" loyihalarida boshlovchilik qildi. Shuningdek, Mariah Carey va DJ Khaled bilan birga YouTube Red'ning "Keys of Christmas" loyihasida suratga tushgan. 2017-yilda Justin Bieber'ning Purpose World Tour konsertlarida ishtirok etgan. Dolce & Gabbana taklifiga binoan Milan moda haftaligida model sifatida qatnashgan. 2017-yil oktyabr oyida Poo Bear bilan hamkorlikda o‘zining ilk "Black & White" singlini chiqardi.
Filmografiya (1)
Albert Desmond
