Rooney Mara
Aktyor

Rooney Mara

17-aprel 1985 · 41 yosh Bedford, New York, USA
Kann
16ish TOMO’da
1yirik mukofot
8.0eng yuqori: U (2013)

Biografiya

Patricia Rooney Mara (1985-yil 17-aprelda tugʻilgan) — amerikalik kino va televideniye aktrisasi. U 2005-yilda aktrisalik faoliyatini boshlagan va „A Nightmare on Elm Street“ (1984-yilgi qoʻrqinchli filmning remeyki) hamda „The Social Network“ kabi filmlarda suratga tushgan. Shuningdek, Stieg Larssonning „Millennium“ kitoblar seriyasiga asoslangan Sony Pictures kinokompaniyasining „The Girl with the Dragon Tattoo“ filmida bosh qahramon Lisbeth Salander obrazini gavdalantirgan. Mara xayriya ishlari bilan ham tanilgan. U Afrikaning eng yirik xarobalaridan biri boʻlgan Keniyaning Nairobi shahridagi Kibera tumanidagi yetim bolalarga yordam beruvchi „Faces of Kibera“ xayriya tashkilotiga rahbarlik qiladi.

Eng mashhur ishlari