
Rodrigo Moreno
Biografiya
Rodrigo Moreno (1972-yil oktabrda tug'ilgan, Buenos-Ayres) — argentinalik kinorejissyor. U asosan Argentina kinosi sohasida ijod qiladi. Mabuse kino jurnali xodimi Joel Pobletening fikricha, Rodrigo Moreno 1998-yillar atrofida boshlangan "Yangi Argentina kinosi" deb nomlangan oqim vakillaridan biridir. Moreno Buenos-Ayresdagi Universidad del Cine universitetining rejissyorlik bo'limini tamomlagan va 1996-yildan beri o'sha yerda rejissyorlik hamda ssenariy yozish san'atidan dars beradi. Uning ko'plab filmlari xalqaro kinofestivallarda yuqori baholangan. 1993-yilda u o'zining ilk qisqa metrajli «Nosotros» filmini yozib, suratga oldi va bu film Bilbao xalqaro hujjatli va qisqa metrajli filmlar festivalida bosh mukofotni qo'lga kiritdi. 2006-yilda suratga olingan «Qo'riqchi» (ispancha: El Custodio) uning yakkaxon tarzda suratga olgan ilk to'liq metrajli badiiy filmi hisoblanadi. Uning 2011-yilda suratga olingan «Sirli dunyo» filmi 61-Berlin xalqaro kinofestivalining asosiy tanlov dasturida namoyish etilib, "Oltin ayiq" mukofotiga nomzod bo'lgan.

