
Robert Parrish
Biografiya
Robert R. Perrish (1916-yil 4-yanvar, Kolumbus – 1995-yil 4-dekabr, Sautgempton) — amerikalik aktyor, kinomontajchi, rejissyor va ssenariynavis. 1947-yilda «Body and Soul» filmi uchun eng yaxshi montaj bo‘yicha «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan. Ota-onasi bilan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, opasi Beverli va singlisi Xelen bilan birga yoshligidan aktyorlik bilan shug‘ullangan. «Our Gang» (1927), «All Quiet on the Western Front» (1930) va Charli Chaplinning «City Lights» (1931) filmlarida suratga tushgan. 1936-yildan Jon Fordning filmlarida montajchi yordamchisi sifatida ish boshlagan. Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh Harbiy-dengiz flotida xizmat qilib, «Miduey jangi» kabi hujjatli va o‘quv filmlarini suratga olishda qatnashgan. 1949-yilda «All the King’s Men» siyosiy dramasi uchun ikkinchi bor «Oskar» mukofotiga nomzod bo‘lgan.
