
Robert Bresson
Biografiya
Robert Bresson (1901-yil 25-sentabr – 1999-yil 18-dekabr) — fransuz kinorejissyori. O‘zining kamtarlik va minimalist uslubi bilan kino san’atiga katta hissa qo‘shgan. Professional bo‘lmagan aktyorlardan foydalanishi, syujetdagi ellipslar va musiqiy jo‘rlikning juda kamligiligi bilan uning ijodi minimalist kino san’atining yorqin namunasi sanaladi. Uning ko‘plab filmlari fojiali mazmunga ega. Bresson dunyodagi eng nufuzli rejissyorlardan biri hisoblanadi. 2012-yilda Sight and Sound tanqidchilar so‘rovnomasida uning yettita filmi "Barcha zamonlarning eng buyuk filmlari" qatoridan joy olgan. "A Man Escaped" (1956), "Pickpocket" (1959) va "Au hasard Balthazar" (1966) eng yaxshi 100 talikka kirgan bo‘lsa, "Mouchette" (1967) hamda "L'Argent" (1983) filmlari ham ko‘plab e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Jan-Lyuk Godar uni shunday ta’riflagan: "U Dostoevskiy rus adabiyoti uchun va Motsart nemis musiqasi uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, fransuz kinosi uchun ham shunday ahamiyat kasb etadi".

