
Richard Jenkins
Biografiya
Richard Dale Jenkins (1947-yil 4-mayda tugʻilgan) — amerikalik aktyor. U oʻzining aktyorlik faoliyatini Trinity Repertory Company teatrida boshlagan va 1974-yilda kinodagi debyutini amalga oshirgan. 1980-yillardan buyon asosan ikkinchi darajali rollarda suratga tushib keladi. Uning ilk yirik roli 2000-yillarning boshlariga toʻgʻri kelib, HBO kanalining „Six Feet Under“ (2001–2005) dramatik serialida marhum patriarx Nataniel Fisher rolini ijro etgan. Shuningdek, u „Burn After Reading“ (2008), „Step Brothers“ (2008), „Let Me In“ (2010), „Jack Reacher“ (2012) va „The Cabin in the Woods“ (2012) kabi filmlardagi rollari bilan ham tanilgan. Jenkins „The Visitor“ (2007) dramatik filimidagi roli uchun „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oskar mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan. U „Olive Kitteridge“ (2014) mini-serialidagi ijrosi uchun „Miniserial yoki televizor filmidagi eng yaxshi bosh rol aktyori“ yoʻnalishida Primetime Emmy mukofotini qoʻlga kiritgan. „The Shape of Water“ (2017) fantastik dramasidagi ishtiroki uchun esa Oskar, Oltin globus va Amerika kinoaktyorlar gildiyasi mukofotlarining „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyalariga sazovor boʻlgan.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (36)
Ezra Grindle
Sen. Richard Russell
Chicory
Henry Kitteridge
Raphelson
D.A. Alex Rodin
Richard Sitterson
Professor Peter Hoberg
Mr. Harper
Lotterman
Mr. Tyree
The Father
Dr. Robert Doback
Robert Grace
Frank Bascombe
Hank Aimes
Earl Huttinger
Gen. Thomas Purcell
Freddy Bender
Walter Arnell
Walter Abundas
Agent Boshane
Sheriff Art Moran
Carl Zimmer
Detective Carl Bridger
Attorney Mel Dawson
Gruber
Clyde Alden



































