Reza Mirkarimi
Rejissyor

Reza Mirkarimi

28-yanvar 1966 · 60 yosh Tehran, Iran

Biografiya

Rezo Mirkarimi (forscha: رضا میرکریمی; 1967-yil 27-yanvar, Tehron) — eronlik ssenariynavis va kinorejissyor. U Tehron tasviriy san'at universitetining grafika fakultetini tamomlagan. Mirkarimi Fajr xalqaro kinofestivalida yettita "Oltin Simurg'" mukofotini qo'lga kiritgan. Uning "Juda yaqin, juda uzoq", "Bir bo'lak qand" va "Bugun" nomli uchta filmi Eron tomonidan "Eng yaxshi chet tilidagi film" nominatsiyasida Oskar mukofotiga taqdim etilgan. Uning kinochilikdagi faoliyati 1987-yilda "Uning uchun" nomli qisqa metrajli film (16 mm li kamera) bilan boshlangan. Shundan so'ng u bir qator qisqa metrajli lentalar hamda yoshlarga mo'ljallangan ikkita teleserial suratga olgan. Uning ilk to'liq metrajli filmi — "Bola va askar" (1999) milliy va xalqaro miqyosda bir qancha mukofotlarga sazovor bo'ldi, jumladan, 1999-yilda Erondagi Isfahon bolalar va o'smirlar kinofestivalining "Oltin kapalak", 2000-yilda Fransiyaning Nant shahridagi 3 qit'a festivalining "Kumush Montgolfiere" hamda 2001-yilda Xorvatiyaning Zelin shahridagi "Bolalar va o'smirlar kinofestivalining" "Oltin poyabzal" mukofotlarini qo'lga kiritdi. "Bola va askar" filmi 2001-yilda Fransiyada namoyish etilgan. Ijtimoiy va diniy mavzularga bag'ishlangan ikkinchi filmi — "Oy ostida" (2000) 2001-yilda Kann xalqaro kinofestivalining 40-tanqidchilar haftaligida "Eng yaxshi badiiy film" mukofotini oldi. Shuningdek, mazkur film 2001-yilda Tokio xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi rejissyor" va "Hakamlar hay'atining maxsus mukofoti", shuningdek, Hindiston xalqaro kinofestivalining "Oltin tovus" mukofotlariga sazovor bo'lgan. Uning to'rtinchi va beshinchi filmlari — "Shunchaki oddiy" (2007) va "Qiz" (2016) ham nufuzli mukofotlarni qo'lga kiritgan.

Filmografiya (1)