
Renée Zellweger
Biografiya
Renee Ketlin Zelveger (1969-yil 25-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. Ikki karra "Oskar", ikkita BAFTA va toʻrtta "Oltin globus" mukofotlari sovrindori boʻlgan Zelveger 2007-yilga kelib dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan aktrisalar qatoridan joy olgan. Teksas shtatida tugʻilib oʻsgan Zelveger Ostindagi Teksas universitetida ingliz adabiyotini oʻrgangan. Dastlab jurnalistika sohasida faoliyat yuritishni niyat qilgan boʻlsa-da, kollejda sahna koʻrinishlarida qatnashib, aktyorlikka mehr qoʻyadi. "Sarsari va sarxuslar" (1993) hamda "Voqealar rivoji" (1994) filmlaridagi kichik epizodlardan soʻng, u ilk bosh rolni "Texasdagi zanjirli arra bilan qirgʻin: Keyingi avlod" (1994) slasher filmida ijro etdi. Shundan soʻng "Jerri Maguyer" (1996) romantik komediyasi, "Asl haqiqat" (2005) dramasi va "Betti xola" (2000) qora komediyasidagi bosh rollari orqali tanilib, oxirgisi uchun "Oltin globus" mukofotini qoʻlga kiritdi. Zelveger " Bridj Jons kundaligi" (2001) romantik komediyasida Bridj Jons va "Chikago" (2002) musiqiy filmida Roksi Xart rollarini ijro etgani uchun ketma-ket "Oskar" mukofotining "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasiga loyiq koʻrildi. Urush haqidagi "Sovuq togʻ" (2003) filmidagi fermer ayol roli uchun esa u "Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa" nominatsiyasida "Oskar" mukofotini oldi. U Jons rolini "Bridj Jons: Aql bovar qilmas mantiq" (2004) va tanaffusdan keyin "Bridj Jonsning chaqalogʻi" (2016) filmlarida takrorladi. 2019-yilda Zelveger Netflixʼning "What/If" serialida oʻzining ilk yirik televizion rolini ijro etdi hamda ekranlarda Judy Garland obrazini gavdalantirdi.
Eng mashhur ishlari
reyting × mashhurlikFilmografiya (21)
Bridget Jones
Loretta Lassiter
Emily Jenkins
Vanessa Bloome (voice)
Beatrix Potter
Mae Braddock
Angie (voice)
Ruby Thewes
Barbara Novak
Roxie Hart
Claire Richards
Bridget Jones
Irene P. Waters
Dorothy Boyd




















