Rasim Balayev
Aktyor8-avgust 1948 — 29-mart 2026

Rasim Balayev

Agsu District, Azerbaijan SSR, USSR [now Azerbaijan]

Biografiya

Rasim Ahmad o‘g‘li Balayev — Ozarbayjon kino va teatr aktyori. U 60 dan ortiq Ozarbayjon filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Rasim Balayev 1948-yil 8-avgustda Ozarbayjonning Oqsuv tumanida tug‘ilgan. 15-16 yoshidan boshlab teatr sahna ko‘rinishlarida qatnasha boshlagan. Qishloq muhitida voyaga etgani bois oilasi uni boshqa kasbni tanlashga undashga urindi, biroq u o‘z deganidan qolmadi va Ozarbayjon san’at institutiga o‘qishga kirib, uni 1969-yilda tamomladi. Aktyorning katta suddagi ilk kinoijodi “Yulduzlar so‘nmaydi” filmidagi kichik roldan boshlangan. Rasim Balayevga haqiqiy shuhrat uchta filmdagi roli hamda ikkita kinofestivalda — Bokudagi VII Butunittifoq festivalida va Toshkentdagi III xalqaro festivalda ishtirok etishi ortidan keldi. Toshkentdagi festivalda u “Eng yaxshi aktyor” mukofotiga sazovor bo‘lib, kelgusidagi bosh rollar uchun bir qancha takliflar olgan. Uning eng sara rollari sirasiga “Nasimiy”, “Bobek”, “Tovlamachi”, “Latifa” va “Ko‘rshapalak” filmlarini kiritish mumkin.

Eng mashhur ishlari