
Rashid Behbudov
Biografiya
Rashid Behbudov (ozarbayjoncha: Rəşid Məcid oğlu Behbudov) — ozarbayjonlik xonanda va aktyor. U ozarbayjon, turk, rus, fors, gruzin, hind, arman, urdu va bengal kabi ko'plab tillarda qo'shiq kuylagan. Rashid Behbudov 1915 yilda Tbilisida tavallud topgan. Uning otasi Majid Behbud o'g'li ham xonanda bo'lgan. 1938–1944 yillarda Yerevan davlat filarmoniyasi va opera teatrida ishlagan. 1945 yilda Tofig Guliyevning taklifiga binoan Boku shahriga ko'chib o'tgan. O'sha yiliyoq Uzeyir Hojibeyov pyesasi asosida suratga olingan "Arshin mal alan" filmida Asqar bosh rolini ijro etdi. Ushbu roldagi ijrosi va vokal mahorati unga Butun Ozarbayjon bo'ylab shuhrat keltirdi. Qisqa vaqt ichida u tanilgan estrada xonandasiga aylandi. U mumtoz asarlar ijrosidan tortib lirik qo'shiqlargacha bo'lgan keng repertuarga ega edi. Rashid Behbudovning noyob iste'dodi unga Sovet Ittifoqining "temir parda"sidan tashqariga chiqish imkonini berdi: u Eron, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Argentina, shuningdek, Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasining ko'plab mamlakatlarida konsertlar berdi. 1966 yilda o'z nomi bilan ataluvchi Davlat qo'shiq teatriga asos soldi va uning yakkaxoni hamda badiiy rahbari bo'ldi.
