
Randy Travis
Biografiya
Randy Travis (aslida Rendi Bryus Treyvik; 1959-yil 4-mayda tug‘ilgan) — amerikalik kantri qo‘shiqchisi va aktyor. 1985-yildan buyon ijod qilib kelayotgan xonanda o‘ndan ortiq studiyaviy albom yozgan. Uning o‘ttizdan ziyod singllari Billboard Hot Country Songs chartiga kirgan bo‘lib, ulardan 16 tasi birinchi o‘rinni egallagan. 1980-yillarning o‘rtalarida chiqarilgan "Storms of Life" albomi uch milliondan ortiq nusxada sotilib, Travisni kantri musiqasi tarixidagi muhim shaxsga aylantirdi. 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab chartlardagi muvaffaqiyati pasaygach, 1997-yilda Warner Bros. kompaniyasini tark etib, DreamWorks Records’ga o‘tdi va ijodini gospel yo‘nalishida davom ettirdi. U 1992-yilda "Wind in the Wire" televizion filmidan boshlab ko‘plab kino va teleseriallarda suratga tushgan.
Filmografiya (1)
Billy Porter
