
R. Marcos Taylor
Biografiya
R. Marcos Taylor (1976-yil, 16-sentyabrda tug‘ilgan) — amerikalik aktyor va kaskadyor. U "Straight Out of Compton" (2015) filmida Suge Knight obrazini yaratgani bilan mashhur. Besh yoshida Superman bo‘lishni orzu qilgan Taylor keyinchalik jang san’atiga qiziqib qoladi. Karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi bo‘lgan aktyor, shuningdek, Taekwondo, Muay Thai, Capoeira va Hapkido bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega. U Muay Thai bo‘yicha Kru darajasiga ega, shuningdek, Kung Fu, boks, dzyudo, nindzyutsu va braziliya djiu-jitsusi bilan ham shug‘ullanadi. Turli turnirlarda, jumladan, 1994-yilgi NJ shtati Taekwondo chempionati va 2010-yilgi Muay Thai Warriors Cup superog‘ir vazn toifasida g‘olib bo‘lgan. Kaskadyorlik faoliyatida jang sahnalarini sahnalashtirish va dublyorlik bilan shug‘ullanadi.
Filmografiya (1)
Suge Knight
