
Biografiya
Bank o'rta maktab yillarida tashkil topgan va 2011-yilda o'z faoliyatini to'xtatgan Clash guruhining asosiy vokalchisi bo'lgan. Ular GMM Grammy bilan hamkorlikda 13 ta albom chiqargan. Bank – qiyinchiliklarni boshdan kechirgan juda iste'dodli xonanda. U hayotidagi eng og'ir kun onasining vafot etgan kuni ekanligini aytadi. Onasiga leykemiya tashxis qo'yilgandi. Onasi uning eng yaqin do'sti, ustozi va shifokori edi. Bank yosh bola bo'lgan paytda otasining soch saloni muvaffaqiyatli ishlagani sababli oilasi badavlat yashagan. O'shanda ular to'kin hayot kechirib, kelajagiga yuz foiz ishonishgan. Biroq to'satdan otasi katta qarzlarga botib qoladi va kreditorlar o'ldirib ketishidan qo'rqib qochishga majbur bo'ladi. Yig'ilib qolgan qarzdorliklar tufayli Bank, uning kenja ukasi, onasi va buvisi og'ir sharoitda yashay boshlashdi. Onasi va buvisi Bank hamda ukasining qornini to'ydirish va ularga osonroq bo'lishi uchun tanish-bilishlaridan pul qarz olishga majbur bo'lishdi. Oilani yolg'iz o'zi boqishga uringan onasi uchtagacha ishda ishlab, ikkinchi albomi chiqqunga qadar qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Oylarcha ular suv va elektr toki yo'q sharoitda yashashdi. Bank onasidan pul so'rash o'rniga idish yuvib bo'lsa ham o'z ehtiyojlari uchun pul topishga harakat qildi. 2008-yillar atrofida oilaning barcha qarzlari uzildi. Qarzlardan qutulishgach, Bank onasining vafoti bilan bog'liq og'ir judolikka duch keldi. Shifokorlar onasini sun'iy nafas oldirish apparatida qoldirish yoki o'z holiga qo'yish kerakligini aytishganda, Bank uni qiynamasdan qo'yib yuborish ma'qul degan qarorga keldi. U onasi xotirasi uchun diniy marosimni ado etdi va shu kungacha uni yodda saqlab kelmoqda.
Filmografiya (1)
Tai / Tan
