
Rejissyor
Philip Kaufman
23-oktyabr 1936 · 89 yosh Chicago, Illinois, USA
BAFTA1989
Biografiya
Philip Kaufman (1936-yil, 23-oktabr) — amerikalik rejissor. U ko‘p film suratga olmasa-da, har bir ishi intellektual salohiyati va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Kaufman realizmdan tortib fantastikagacha bo‘lgan turli mavzularda ishlagan, o‘z filmlariga satira va nozik yumorni singdirib, "badiiy imzo" qoldira olgan. U Milan Kunderaning "The Unbearable Lightness of Being", Maykl Kraytonning "Rising Sun" va Tom Vulfning "The Right Stuff" asarlarini muvaffaqiyatli ekranlashtirgan. Uning eng katta muvaffaqiyati sakkizta "Oskar" nominatsiyasini olgan "The Right Stuff" filmi hisoblanadi.







